Tarixi Muhammadiy
møde. En uvurderlig bog.
Appoplysninger
Advertisement
Appbeskrivelse
Android App -Analyse Og Gennemgang: Tarixi Muhammadiy, Udviklet Af Kitoblar Olami. Listet I Bøger Og Opslagsværker -Kategori. Nuværende Version Er V6Q, Opdateret På 17/10/2025 . Ifølge Brugere Anmeldelser På Google Play: Tarixi Muhammadiy. Opnået Over 24 Tusind Installationer. Tarixi Muhammadiy Har I Øjeblikket 58 Anmeldelser, Gennemsnitlig Vurdering 4.6 Stjerner
Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh,xohi qari, mana shu tubandagi to'rt narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur.
I. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.
II. Qur'oni karim tarixi.
III. Dini Islom tarixi.
IV. Ka'batulloh tarixi.
Shuning uchun, men faqir - Alixonto'ra Shokirxonto'ra o'g'li Sog'uniydurmankim,
bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din
qarindoshlarimizga mendan yodgor bo'lsin deb yuqoridagi to'rt narsa tarixini har qandoq
kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Bu kitobga «Tarixi Muhammadiy» deb
ot qo‘ydim. Buni o‘qiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qo‘yishlarini umid qilurman.
KØB UK USTOZ HAQIDA SO'Z
«Tarixi Muhammadiy» muallifi Alixonto'ra Sog'uniyni asrimizning ko'plab ulamoi fozillari
o‘zlarining buyuk ustozlari deb biladilar. Zero, ul zoti bobarakoning serfayz va ta’sirchan
suhbatlaridan bir lahza bahramand bo'lgan har bir tolibi sodiq yillar davomida o'zga
ustozlardan olgan saboqlari yoki yuzlab mutolaa qilgan kitoblardan olgan
ma'lumotlaridan ham ziyodroq istifoda etar edi, desam mubolag'a bo'lmas. Kamina esa
bir lahza emas, Tangriga behad shukrlar aytamankim, ul ustozi kullning darsgo'ylik
davralarida va fayzli suhbatlarida ko'p bo'lganman va ko'pdan-ko'p ilmiy ishtibohlarimni
so‘rab o‘ta qoniqarli javoblar olganman.
Hamon esimda, 1971 yili Marg'ilon shahriga borganlarida bir ilmiy suhbatda hozirlarning
ko'pchiligi tolibi ilmlar ekanini nazarda tutib, ahli majlisga Qur'oni karimdan Val-asr
surasini tafsir qilib bergan edilar. Sura eng qisqa suralardan bo‘lib, atigi uch oyat — ikki
satr bo'lishiga qaramay ustoz roppa-rosa ikki soat tahlil etib, oyatlarning har bir kalima,
hatto harfi zimnidagi hikmati va nuqtalarini shunchalik hakimona sharxlar edilarki,
diqqat bilan some' bo'lib turgan ulamo va toliblar boshlariga qush qo'ngandek sukut
saqlagan holda vujudlari quloq bo'lib, har bir so'zlarini uqib olishga va mag'zini
chaqishga harakat qilar edilar.
Darhaqiqat, ustoz ilmu hikmatning bir-ikki sohasida emas, balki ilmi qiroat, tafsir, hadis,
fiqh, nahv, balog'at, mantiq, tib, tarix, siyrat, jug'rofiya, nazmu nasr va boshqa fanlar
bo‘yicha ham yetuk mutaxassis edilar.
Endi ushbu siyrati nabaviyya faniga mansub «Tarixi Muhammadiy» asari xususida skinke
biroz to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi.
Islom tarixi va janob payg'ambarimiz Muhammad alayhis-salotu vas-salomning hayotlari
va faoliyatlari to'g'risida hozirgacha arab, fors, turk va boshqa sharq va g'arb tillarida
juda ko‘plab asarlar yozilgan. Lekin Alixonto‘ra Sog‘uniyning ushbu asari ularning
xulosasi bo'lishi bilan birga, ma'lumotlarining ishonchli manbalardan olinganligi, har bir
tarixiy voqea bayonidan keyin muallifning unga nisbatan o'z fikr-mulohazalarini ibratli
ravishda izhor etganlari va asarga imkoni boricha badiiylik kiritib har qanday kitobxonni
o‘ziga rom etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Mening fikrimcha, asarni bir marta o'qib chiqishning o'zi kifoya qilmaydi, balki shu
muhim manbaga tez-tez murojaat qilib turish kerak. Tabiiyki, har safar yangi-yangi
tushunchalar kashf etilib, kitobxonda o‘zgacha taassurotlar hosil bo‘ladi. Men det er klart
kaminaning fikri emas. Asarni mutolaa qilib chiqqan ko'pdan-ko'p do'stlarimiz skinke
ushbu gapni takrorlab turadilar. Ayniqsa, imom-xatiblar, ulamoi kiromlar va tolibi
ilmlarning har birlarida ushbu noyob asardan bo‘lishini tavsiya etardim. Nul
kunimizda Islom tarixi bo'yicha o'z ona tilimizda batafsil yozilgan bundan o'zga asar
yo'q. Bundan tashqari bu fanga doir har qanday kitob uning o'rnini bosa olmaydi. Xullas,
«Tarixiy Muhammadiy» kitobini har qancha ta’rif va tavsif qilinsa, kamlik qiladi. Yaxshisi,
asarning o'zini qunt bilan mutolaa qilib, uning serqirrali ma'lumotlaridan, fayzu futuhli
mazmunlaridan bahramand bo'lgan kitobxongina bunday ta'riflarda mubolag'a yo'q
ekaniga to‘la ishonch hosil qiladi.
Vi Tilbyder I Øjeblikket Den Sidste Version Opdateret 17/10/2025 . Dette Er Vores Seneste, Mest Optimerede Version. Det Er Velegnet Til Mange Forskellige Enheder. Gratis Download Direkte Apk Fra Google Play Store Eller Andre Versioner, Vi Er Vært For. Desuden Kan Du Downloade Uden Registrering Og Der Ikke Kræves Noget Login.
Vi Har Mere End 2000+ Tilgængelige Enheder Til Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet ... Med Så Mange Muligheder, Det Er Let For Dig At Vælge Spil Eller Software, Der Passer Til Din Enhed.
Det Kan Komme Godt Med, Hvis Der Er Nogen Landsbegrænsninger Eller Begrænsninger Fra Siden Af Din Enhed I Google App Store.