Eng Kichik Jinoyat

만나다. Newbook

앱 세부 사항


1.1.4
Everyone
293
Advertisement

앱 설명


Android 앱 분석 및 검토 : Eng Kichik Jinoyat, Kitoblar Olami에서 개발했습니다. 도서/참고자료 카테고리에 나열되어 있습니다. 현재 버전은 1.1.4이며 27/05/2023 에 업데이트되었습니다. Google Play : Eng Kichik Jinoyat에서 사용자 리뷰에 따르면. 293 이상의 설치를 달성했습니다. Eng Kichik Jinoyat는 현재 1 리뷰, 평균 등급 5.0 스타를 보유하고 있습니다

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Bilinglarki,bu hayoti dunyo bir nafaslik oʻyin-kulgi,
zebi-ziynat, oʻrtalaringizdagi oʻzaro maqtanish va
mol-dunyo hamda farzandlarni koʻpaytirishdir xalos.
(Hadid surasidagi 20-oyatning maʼnosi)
“Ey Odam farzandi!
Agar senga ajratib qoʻyilgan rizqqa qanoat qilsang, rizqning oʻzi keladi
va Mendan ham maqtov olasan. Bordi-yu bu taqsimga qanoat qilmasang,
dunyoni sening ustingdan sulton va seni unga xizmatkor qilib qoʻyaman.
Dunyo uchun choʻldagi vahshiy hayvonlar kabi yugurasan, ammo senga
taqsimlab qoʻygan rizqimdan ortigʻi kelmaydi va oʻzing ham
Mening oldimda uyalib qolasan.
(Hadisi Qudsiydan)
Ajab makkoradir dunyoyi foniy,
Ming alvon jilva birla aldar oni.
Oʻshal makkorakim, solsa qoʻynigʻa,
Sevingandin kirar shayton oʻyungʻa.
(Soʻfiy Ollohyordan)



Tintuv

“Kelib-kelib roʻzaning birinchi kuni oʻgʻirlikka tushasanmi, uying
kuygur! Men bu pullarni oʻlimligimga deb yigʻyatuvdim, iloyim oʻlimligingga
buyursin!”
Shunday deb qargʻanayotgan Mohina kampir sochilib yotgan matolarni
sandiqqa taxlay boshladi. Oʻgʻri sandiqni titib tashlamagan edi. Ochgan-u pulni
olgan, boshqa narsaga tegmagan. Milisa deganlari bitta sandiq kamlik qilib,
uyning tit-pitini chiqarib yubordi-ya! Itiga har burchakni hidlatib chiqdi. It
Suhrobga qarab bir vovullagan edi, bola bechorani soʻroqqa tutib ketishdi.
Mohina qarasa, milisa gapni aylantira-aylantira nabirasini oʻgʻriga
chiqarib qoʻyadigan. Ana shunisiga chidamay, biram shovqin soldi-ki, milisa
deganlari kelganiga pushaymon yeb, joʻnab qoldi.
“Oʻgʻrini topsak, xabar beramiz”, deb vaʼda qilishdi.
“Men oʻgʻringni pishirib yeymanmi, sen menga pulimni topib ber!”
Mohina kampir shunday deb javraganicha qolaverdi.
Quyosh botib, shom azoni eshitilsa-da, iftor qilish xayoliga kelmadi.
Mohina bu dunyoda yetmish uch yil yashab, bugun birinchi marta roʻza tutishi edi.
Uyini yigʻishtirar ekan, Allohga daʼvo qilib qoʻyishni ham unutmadi:
“Namozingni oʻqimay, roʻzangni tutmay yurganimda indamagan eding. Gapingga
kirib, roʻzangni tutganimda, topganimga baraka berish oʻrniga shoʻrginamni
quritasanmi-ya?”
Buni “bandaga qoʻndoqda tekkan kasal”, deydilar. Banda yaxshiliklari
tufayli topayotgan savoblarini erinmay sanab yuradi va buning evaziga tezroq
mukofotini olishni istaydi. Umri savdo-sotiq bilan oʻtgan Mohina dunyoni
bir bozor deb hisoblardi. Shu bois bir kun tutgan roʻzasining savobiga
mukofot oʻrniga jazo olgani eng ulugʻ adolatsizlik boʻlib tuyuldi. Bir-ikki
soʻm foydani deb pattachilar bilan janjallashishga odatlanib qolgan nodon
kampir bu onda endi Xudo bilan haq talashardi. Savdoda nasiyaga mol
bermagani kabi bugun olajak ajrining ham ertaga qoldirilishini istamas
edi. Roʻza farz boʻlgan yoshidan beri oʻtgan ibodatsiz yillarining jazolari
kutib turganini esa fahm etmasdi.
Dam oʻziga-oʻzi gapirib, dam uf torta-torta tintuvdan keyingi uyini
tartibga keltiray deganda eshik shasht bilan ochildi-yu ichkariga Xolnisa oʻqday
otilib kirdi.
-Hoy, mening bolamga tuhmat qilmagan bitta siz qoluvdingizmi? Siz
avval oʻzingizning goʻrsoʻxtangizni eplab oling, keyin mening bolamga osiling!
Ham eshikning taraqlab ochilishi, ham qoʻshni xotinning otilib
kirishidan choʻchib tushgan kampir Xolnisaning daʼvosini eshitib gangib
qoldi. Ammo uning bu holati uzoq davom etmadi. Qaysi bozor koʻrgan xotin
birovni javratib qoʻyib, oʻzi dovdirab qolibdi-ki, Mohina koʻzlarini
moʻltillatib maʼsumalik bilan jimgina qarab turaversa? Achchiqni achchiq
kesganda, shallaqilikni shallaqilik daf etolmas ekanmi? Mohina ham obdon
sinovdan oʻtgan shu qurolni ishga soldi:
우리는 현재 버전 1.1.4를 제공하고 있습니다. 이것은 우리의 최신 버전입니다. 다양한 장치에 적합합니다. Google Play 스토어 또는 우리가 호스팅하는 기타 버전에서 직접 Apk를 무료로 다운로드하십시오. 또한 등록없이 다운로드 할 수 있으며 로그인이 필요하지 않습니다.

옵션이 많은 Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet ... 용 2000+ 이상의 장치가 있으며 장치에 맞는 게임이나 소프트웨어를 쉽게 선택할 수 있습니다.

Google App Store의 국가 제한이나 장치 측면에서 제한 사항이 있으면 유용 할 수 있습니다.

Changelog / 새로운 것


- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Rate and review on Google Play store


5.0
1
5 0
4 0
3 0
2 0
1 0

이 앱을 좋아할 수도 있습니다