100 Jumboqli Hikoya
欢迎100个有趣的拼图故事。
应用详细信息
Advertisement
应用描述
Android应用分析和审查:100 Jumboqli Hikoya,由Kitoblar Olami开发。在图书与工具书类别中列出。当前版本为V6Q,在 28/09/2025 上更新。根据用户在Google Play上的评论:100 Jumboqli Hikoya。超过41 千的安装。 100 Jumboqli Hikoya目前有69评论,平均评分为4.5星
Mazkur kitob yuzta hikoyadan iborat. Hikoyalar asosan, rivoyatlar, tarixiy haqiqatlar, qiziqarli faktlar asosida yozilgan. Va har bir hikoyada bir sir yashiringan. Hikoya soʼngida keltirilgan savolga toʼgʼri javob topish hammaning ham qoʼlidan kelavermaydi. Urinib koʼring-chi, nechta hikoyadagi jumboqni kitob oxiridagi javoblarga qaramasdan topar ekansiz?Birinchi hikoya —
UCh EShIK
Bir sayyoh taqdir taqozosi bilan Sharq mamlakat-
laridan biriga sayohat qilish uchun boradi. Ancha payt
mamlakatni sayr qiladi. Ittifoqo, uni mirshablar gu-
mondor shaxs sifatida qoʻlga olishadi. Haligi sayyohning
vatani va ushbu mamlakat oʻrtasida anchadan beri munosa-
bat doʻstona emasligidan bu yurtga kelgan narigi mamla-
kat fuqarolari qattiq tekshiruv ostiga olinardi.
Sayyohni josuslikda gumon qilib, garchi tayinli bir
dalil boʻlmasa-da, uni hibsga olishadi. Sayyoh bir necha
OY hibsda qolib ketadi. U bilan mirshablarning ham
ishi boʻlmaydi.
Mamlakat sultonining gʻalati odatlari bor edi. U
mahbuslar bilan koʻngil yozishni xush koʻrar, ashaddiy
jinoyatchilarni turli usullarda qiynab oʻldirishlari-
ni tomosha qilar, ular ishtirokida turli ermaklarni
oʻylab topardi.
Vaqti-vaqti bilan sultonga yangi mahbuslar haqi-
da maʼlumotlar kiritilib turar, u oʻz oʻljasini ushbu
roʻyxatdan tanlab olardi. Kunlarning birida u josus
sifatida ayblangan sayyoh haqidagi maʼlumotlarni
oʻqib, u bilan qiziqib qoladi. Uning aybi aniqlanmaga-
ni bois, uni ozod etib ham, jazolab ham boʻlmasdi. Sul-
ton uning aqlu zakovatini.sinab koʻrmoqchi boʻladi. Agar.
chindan aqlli boʻlsa, bemalol oʻz uyiga, silasi bagʻriga
ketaveradi.
Sulton bu gal ham oʻzicha ajoyib bir tomosha oʻylab
topdi. Uning amri bilan uchta eshigi bor bitta katta
xona qurildi. Har bir eshik yana bittadan xonaga ochi-
lar, keyingi xonalarning eshiklaridan esa bemalol koʻ-
chaga chiqib ketilardi.
Gumondor sayyohni asosiy xonaga olib kirishdi. Sul-
tonning mulozimi oʻyin shartini unga tushuntirdi.
– Muhtaram sayyoh, sizning aybingiz bor yoki yoʻqli-
gidan qatʼi nazar, uyingizga eson-omon yetib olish im-
koniyati tugʻildi.
— Xoʻsh, men nima qilishim kerak? – mahbusning koʻz-
larida umid porladi.
– Mana, qarshingizda uchta eshik turibdi, – dedi mu-
lozim unga eshiklarni koʻrsatib. – Ularning har biri
bitta alohida xonaga, undan keyin esa koʻchaga olib
chiqadi. Men chiqib ketganimdan soʻng, xonalarning bi-
riga sultonimizning uchta vahshiy sherlari olib keli-
nadi. Ikkinchi xonaga esa sultonimizning maxsus hovu-
zida boqilayotgan uchta timsoh keltiriladi. Aytib qoʻyay,
timsohlar ham, sherlar ham uch kundan beri hech narsa
yeyishmagan. Uchinchi xonadan oʻtishni ham sizga tavsiya
etmagan boʻlardim. Chunki bu xonaning shift qismida
ulkan va qudratli lupa oʻrnatilgan. U quyosh nurini bir
necha ming marta yaqinlashtirib beradi va bu xonani ke-
sib oʻtaman deguningizcha, kulga aylanasiz. Xullas, siz-
ga ertagacha muhlat beriladi. Sher yoki timsohlarga yem
boʻlmasdan, quyosh taftida kuymasdan, oʻzingiz tanlagan
eshikdan chiqib keta olsangiz, marra sizniki. Shunda
siz sultonimizning buyuk marhamatlariga noil boʻlasiz.
Yoʻl xarajatlaringiz sultonimiz xazinasidan qoplana-
di va albatta uyingizga quruq qoʻl bilan bormaysiz.
Mulozim unga ayyorona koʻz qisib, xonani tark etdi. Zum
oʻtmay, xonalarga sherlar va timsohlarni joylashtirish-
di. Sayyoh esa oʻylay-oʻylay shunday bir chorani topdiki,
natijada ziyon-zahmatsiz koʻchaga chiqib oldi. Vaʼda qi-
lingandek, sovgʻa-salomlar bilan oʻz vataniga kuzatildi.
Savol: Sayyoh qanday qilib oʻlimdan qutulib qoldi?
我们目前正在提供最后版本更新的 28/09/2025 。这是我们最新,最优化的版本。它适用于许多不同的设备。从Google Play商店或我们托管的其他版本中免费下载Apk。此外,您可以在不注册的情况下下载且无需登录。
我们拥有超过2000+的Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet ...设备,并提供了许多选项,您可以轻松选择适合您设备的游戏或软件。
如果在Google App Store上有任何国家限制或设备侧面的任何限制,它可能会派上用场。