Mening Nomalum Sohibjamolim
Premerera。见面。这是第一次以Android格式创建的书。
应用详细信息
Advertisement
应用描述
Android应用分析和审查:Mening Nomalum Sohibjamolim,由Kitoblar Olami开发。在图书与工具书类别中列出。当前版本为1.1.2,在 08/02/2024 上更新。根据用户在Google Play上的评论:Mening Nomalum Sohibjamolim。超过5 千的安装。 Mening Nomalum Sohibjamolim目前有11评论,平均评分为4.4星
Bolgar yozuvchisi va shoiri Bogomil Raynovning „Mening noma’lum sohibjamolim“ asari muhabbat haqida hikoya qiladi. Muallif bu asarida g‘arb jamiyatining muhabbat haqidagi qarashlari, intilishlari, kamchiliklarini ochib bergan.Muhabbat va yana muhabbat hikoya qiluvchi bu kitob, o‘ylaymizki, sizga manzur bo‘ladi.
Kemachamiz San-Jorjo orolini aylanib o‘tgach, uning motori jadallashib, yengil va bir maromda ishlay boshladi. Ko‘z oldimizda to Lidogacha yastangan moviy-yashil ko‘rfaz ko‘rindi. Ufqdan oshib o‘tishga ulgurgan bir necha motorli qayiqlarning qoldirgan ko‘pikli izlari suv sahnida to‘lqinlanardi.
Shamol kuchayib, sal salqinlashdi. Kayutaning soyasiga o‘tganimdan ruhim tetiklandi. Afsuski, rejamdagi ikki ibodatxona va bitta qasrni inkor qilgandim. Aks holda kayfim juda chog‘ bo‘lardi.
«Kuyunma, — dedim o‘zimga-o‘zim. — Bu yog‘ini sal tig‘izlasang bariga ulgurasan. Horib-charchaganda tomosha qilishdan nima foyda bor? Baribir miyangga hech narsa kirmaydi».
Shu xayolda dengizdan shahar tomonga keskin burilgandim, yonimdagi ayolga tegib ketdim. Ayol o‘qishga juda berilib ketgan shekilli, kechirim so‘raganimda qarab ham qo‘ymadi.
«Voy-bo‘, buning kekkayishini-chi!» — dedim ichimda, unga ko‘z qirimni tashlab. Ayol kekkayarmidi yo‘qmi, noma’lum, lekin atrofdagi hech narsaga e’tibor bermay mutolaa qilardi. Uning yuzi mahalliy ayollarnikidek yarq etib ko‘zni oluvchi toifadan bo‘lmasa-da, harholda chiroyli edi. Avvaliga uning chehrasini shunchaki bekorchilikdan kuzatdim. Keyin «U haqiqatan ham go‘zal ekan», dedim o‘zimga-o‘zim. Yana biroz turib esa undan ko‘z uzolmay qolganimni jahl bilan tan oldim.
U juda yosh edi. Qiz bola bo‘lsa kerak, degan qarorga kelardim-u, ammo o‘zini tutishidagi qizlarga xos bo‘lmagan jiddiylik va barkamollik bunga yo‘l qo‘ymasdi. Qimmatbaho pushtirang matodan tikilgan kashtali ko‘ylagi sarv qomatiga chippa yopishib turardi. Ametis ko‘zli uzuk bezagan bir qo‘lida jurnal tutgan, ikkinchi qo‘li esa oppoq sumkaning bambuk bandidan ushlab olgandi.
«Badavlat ekan, — dedim o‘zimga-o‘zim. — Kekkayishi bejizmas! Buning ustiga o‘zini hurliqo, odamlarni esa faqat unga tikilish bilan mashg‘ul, deb o‘ylaydi».
Men aslida sergap emasman. Lekin kamgap odam ham ichida ko‘p gapiradi.
Ayolning o‘qiyotgani kinoroman bo‘lgani uchun unga nisbatan g‘ashligim tag‘in oshdi.
Nihoyat, u mutolaani tugatdi. Jurnalni yopib sumkasiga tiqdi-da, nigohini ko‘tardi. Uning chag‘ir ko‘zlari mehribon va jiddiy boqardi. O‘ngu so‘lga o‘q otib, «xo‘sh, qalayman, yoqimtoyginamanmi?» deydigan ko‘zlardan emasdi. Ayolning dengiz shu’lasidan biroz qisilgan nigohi mening yuzimdan befarq sirg‘alib o‘tdi-da, kemaning ortida qolayotgan ko‘pikli «egat»da to‘xtadi.
— Havo yaxshi-a? — deb yubordim o‘zim ham kutmagan holda. Ayol javob bermadi.
— Lekin issiqrog‘-a, nima deysiz?
Bu safar ayol bamaylixotirlik bilan menga orqasini o‘girdi.
— Ba’zi bir odamlar bilan suhbat qurish juda qiyin bo‘ladi, — dedi yonimdagi chol qulog‘im ostida po‘ng‘illab. — Ular o‘zlarini oddiy bandalardan ko‘p yuqori qo‘yishadi.
Cholning kichkina va namchil ko‘zlari menga xayrixoh boqardi. Biz u bilan ob-havo xususida gaplashib ketdik.
我们目前正在提供1.1.2版本。这是我们最新,最优化的版本。它适用于许多不同的设备。从Google Play商店或我们托管的其他版本中免费下载Apk。此外,您可以在不注册的情况下下载且无需登录。
我们拥有超过2000+的Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet ...设备,并提供了许多选项,您可以轻松选择适合您设备的游戏或软件。
如果在Google App Store上有任何国家限制或设备侧面的任何限制,它可能会派上用场。
Changelog /什么是新的
- Matnni Lotin yoki Krill alifbosiga o’zgartira olish.
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.