Tarixi Muhammadiy
见面。一本无价的书。
应用详细信息
Advertisement
应用描述
Android应用分析和审查:Tarixi Muhammadiy,由Kitoblar Olami开发。在图书与工具书类别中列出。当前版本为V6Q,在 17/10/2025 上更新。根据用户在Google Play上的评论:Tarixi Muhammadiy。超过24 千的安装。 Tarixi Muhammadiy目前有58评论,平均评分为4.6星
Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh,xohi qari, mana shu tubandagi to‘rt narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur.
I. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.
II. Qur’oni karim tarixi.
III. Dini Islom tarixi.
IV. Ka’batulloh tarixi.
Shuning uchun, men faqir — Alixonto‘ra Shokirxonto‘ra o‘g‘li Sog‘uniydurmankim,
bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din
qarindoshlarimizga mendan yodgor bo‘lsin deb yuqoridagi to‘rt narsa tarixini har qandoq
kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Bu kitobga «Tarixi Muhammadiy» deb
ot qo‘ydim. Buni o‘qiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qo‘yishlarini umid qilurman.
BUYUK USTOZ HAQIDA SO‘Z
«Tarixi Muhammadiy» muallifi Alixonto‘ra Sog‘uniyni asrimizning ko‘plab ulamoi fozillari
o‘zlarining buyuk ustozlari deb biladilar. Zero, ul zoti bobarakotning serfayz va ta’sirchan
suhbatlaridan bir lahza bahramand bo‘lgan har bir tolibi sodiq yillar davomida o‘zga
ustozlardan olgan saboqlari yoki yuzlab mutolaa qilgan kitoblardan olgan
ma’lumotlaridan ham ziyodroq istifoda etar edi, desam mubolag‘a bo‘lmas. Kamina esa
bir lahza emas, Tangriga behad shukrlar aytamankim, ul ustozi kullning darsgo‘ylik
davralarida va fayzli suhbatlarida ko‘p bo‘lganman va ko‘pdan-ko‘p ilmiy ishtibohlarimni
so‘rab o‘ta qoniqarli javoblar olganman.
Hamon esimda, 1971 yili Marg‘ilon shahriga borganlarida bir ilmiy suhbatda hozirlarning
ko‘pchiligi tolibi ilmlar ekanini nazarda tutib, ahli majlisga Qur’oni karimdan Val-asr
surasini tafsir qilib bergan edilar. Sura eng qisqa suralardan bo‘lib, atigi uch oyat — ikki
satr bo‘lishiga qaramay ustoz roppa-rosa ikki soat tahlil etib, oyatlarning har bir kalima,
hatto harfi zimnidagi hikmati va nuqtalarini shunchalik hakimona sharxlar edilarki,
diqqat bilan some’ bo‘lib turgan ulamo va toliblar boshlariga qush qo‘ngandek sukut
saqlagan holda vujudlari quloq bo‘lib, har bir so‘zlarini uqib olishga va mag‘zini
chaqishga harakat qilar edilar.
Darhaqiqat, ustoz ilmu hikmatning bir-ikki sohasida emas, balki ilmi qiroat, tafsir, hadis,
fiqh, nahv, balog‘at, mantiq, tib, tarix, siyrat, jug‘rofiya, nazmu nasr va boshqa fanlar
bo‘yicha ham yetuk mutaxassis edilar.
Endi ushbu siyrati nabaviyya faniga mansub «Tarixi Muhammadiy» asari xususida ham
biroz to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Islom tarixi va janob payg‘ambarimiz Muhammad alayhis-salotu vas-salomning hayotlari
va faoliyatlari to‘g‘risida hozirgacha arab, fors, turk va boshqa sharq va g‘arb tillarida
juda ko‘plab asarlar yozilgan. Lekin Alixonto‘ra Sog‘uniyning ushbu asari ularning
xulosasi bo‘lishi bilan birga, ma’lumotlarining ishonchli manbalardan olinganligi, har bir
tarixiy voqea bayonidan keyin muallifning unga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarini ibratli
ravishda izhor etganlari va asarga imkoni boricha badiiylik kiritib har qanday kitobxonni
o‘ziga rom etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Mening fikrimcha, asarni bir marta o‘qib chiqishning o‘zi kifoya qilmaydi, balki shu
muhim manbaga tez-tez murojaat qilib turish kerak. Tabiiyki, har safar yangi-yangi
tushunchalar kashf etilib, kitobxonda o‘zgacha taassurotlar hosil bo‘ladi. Bu faqat
kaminaning fikri emas. Asarni mutolaa qilib chiqqan ko‘pdan-ko‘p do‘stlarimiz ham
ushbu gapni takrorlab turadilar. Ayniqsa, imom-xatiblar, ulamoi kiromlar va tolibi
ilmlarning har birlarida ushbu noyob asardan bo‘lishini tavsiya etardim. Zero, hozirgi
kunimizda Islom tarixi bo‘yicha o‘z ona tilimizda batafsil yozilgan bundan o‘zga asar
yo‘q. Bundan tashqari bu fanga doir har qanday kitob uning o‘rnini bosa olmaydi. Xullas,
«Tarixiy Muhammadiy» kitobini har qancha ta’rif va tavsif qilinsa, kamlik qiladi. Yaxshisi,
asarning o‘zini qunt bilan mutolaa qilib, uning serqirrali ma’lumotlaridan, fayzu futuhli
mazmunlaridan bahramand bo‘lgan kitobxongina bunday ta’riflarda mubolag‘a yo‘q
ekaniga to‘la ishonch hosil qiladi.
我们目前正在提供最后版本更新的 17/10/2025 。这是我们最新,最优化的版本。它适用于许多不同的设备。从Google Play商店或我们托管的其他版本中免费下载Apk。此外,您可以在不注册的情况下下载且无需登录。
我们拥有超过2000+的Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet ...设备,并提供了许多选项,您可以轻松选择适合您设备的游戏或软件。
如果在Google App Store上有任何国家限制或设备侧面的任何限制,它可能会派上用场。