Men Malalaman
Kutib Oling . Yangi dasturimiz
Thông Tin Ứng Dụng
Everyone
Advertisement
Mô Tả Ứng Dụng
Phân Tích Và Đánh Giá Ứng Dụng Android: Men Malalaman, Được Phát Triển Bởi Kitoblar Olami. Được Liệt Kê Trong Danh Mục Sách Và Tài Liệu Tham Khảo. Phiên Bản Hiện Tại Là 1.1.13, Được Cập Nhật Vào Ngày 15/10/2023 . Theo Đánh Giá Của Người Dùng Trên Google Play: Men Malalaman. Đạt Được Hơn 3 Ngàn Cài Đặt. Men Malalaman Hiện Có Đánh Giá 10, Xếp Hạng Trung Bình 4.2 Sao
Assalomu Alaykum.Bizning aziz kitobxonlarimiz uchun navbatdagi ajoyib kitob. Siz ushbu kitobdan o’qir ekansiz dungyoga boshqacha nigoh bilan qarashni boshlaysiz. O’zingiz uchun yangidan yangi fikrlarni kashf qilasiz. Siz uchun juda foydali kitob. Oxirigacha o’qishni maslaxat beramiz.
Malala Yusufzoy
Men Malalaman
Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar
tomonidan xoʻrlangan qizaloq
Asar nobel
mukofoti laureati, 24 yashar pokistonlik Malala Yusufzoy
tomonidan yozilgan boʻlib, muallif bu asarda oʻz mamlakatidagi
qizlar taʼlimiga nisbatan toʻsqinliklar, ayollar huquqining
poymol boʻlishi haqida yozadi. Bir qancha qiyinchiliklar
tugʻilishiga qaramay, ilm olish hamda oʻzining va boshqalarning
huquqlarini himoya qilishdan chekinmagan Malala koʻplab yoshlarga
oʻrnak boʻladi degan umiddamiz.
Muqaddima: Hayotim oʻzgargan kun
Men yarim tunda yaratilgan mamlakatda tugʻilib qolgandekman. Oʻlim
yoqasiga kelib qolganim taxminan peshin vaqtiga toʻgʻri keladi.
Bundan bir yil oldin maktabga borish uchun uydan chiqib ketdim va
ortga qaytmadim. Tolibonlarning oʻqi koʻksimni teshib oʻtdi va
Pokistondan xushsiz holda olib chiqib ketildim. Baʼzi odamlar endi
hech qachon uyingga qaytmaysan, deb aytishadi, ammo men ich-ichimdan
qachondir qaytishimni his qilaman. Albatta, kindik qoni toʻkilgan
vatan bilan abadiy xayrlashishni hech kim xohlamasa kerak.
Har tong koʻzimni ochganimda mayda-chuyda buyumlarimga toʻla eski
xonamni, xonaning har yerida sochilib yotgan kiyimlarimni va tokchadan
oʻrin olgan maktabda qoʻlga kiritgan yutuqlarimni koʻrishni juda
xohlayman. Ammo Svat vodiysida joylashgan uyim bu yerdan ancha
uzoqda ekanligi, boshqa mamlakatda yashayotganim va bu yerdagi vaqt
Pokistondan besh soat orqada ekanligi meni xafa qiladi. Sevimli
vatanim hozir men yashayotgan oʻlkadan ancha ortda qolgan. Bu yerda inson
yashashi uchun zarur boʻlgan barcha qulayliklar mavjud. Kranni
burashingiz bilan xohlasangiz issiq, xohlasangiz sovuq suv keladi. Bu
yerdagi odamlar yogʻ lampalari nima ekanligini allaqachon unutib
yuborishgan – tungi chiroqlar koʻchalarni xuddi kunduzdagidek yoritadi.
AYoQShga borib gaz ballon toʻldirib kelishga hojat yoʻq – oshxonalarda
gaz plitalar mavjud va tabiiy gaz hech qachon uzilib qolmaydi. Zamon
shu qadar rivojlanib ketganidan odamlar ovqat pishirishga erinishadi
va tayyor ovqatlarni sotib olishni afzal koʻrishadi.
Derazani ochishim bilan osmonoʻpar binolar, har tomonga shoshilayotgan
mashinalar bilan toʻlib toshgan yoʻllar, tekis maysazorlar va odamlar
bilan gavjum piyodalar yoʻlakchalariga koʻzim tushadi. Koʻzimni yumaman
va sevimli vodiyimga qaytgandek boʻlaman: qorli togʻ choʻqqilari, zilol
suvli buloqlar, yam-yashil dalalar… Men bilan birga yashagan
insonlarni eslaganimda yuragim hapqirib ketadi. Sevimli
maktabimni, sinfdoshlarimni bir-bir koʻz oldimga keltiraman.
Doʻstlarim va oʻqituvchilarim bilan xayolda diydor koʻrishaman. Eng yaqin
dugonam Moniba men tomonga quchoq ochib keladi, bir chekkada oʻtirib,
dildan suhbat quramiz, yoshligimizdagi qiziqarli voqealarni eslab
kulishamiz…
Afsuski, birdan Birmingemdaligim xayolimga keladi…
Chúng Tôi Hiện Đang Cung Cấp Phiên Bản 1.1.13. Đây Là Phiên Bản Mới Nhất, Được Tối Ưu Hóa Nhất Của Chúng Tôi. Nó Phù Hợp Cho Nhiều Thiết Bị Khác Nhau. Tải Xuống Miễn Phí Apk Trực Tiếp Từ Cửa Hàng Google Play Hoặc Các Phiên Bản Khác Mà Chúng Tôi Lưu Trữ. Hơn Nữa, Bạn Có Thể Tải Xuống Mà Không Cần Đăng Ký Và Không Cần Đăng Nhập.
Chúng Tôi Có Nhiều Thiết Bị Có Sẵn 2000+ Cho Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet ... Với Rất Nhiều Tùy Chọn, Bạn Dễ Dàng Chọn Các Trò Chơi Hoặc Phần Mềm Phù Hợp Với Thiết Bị Của Bạn.
Nó Có Thể Có Ích Nếu Có Bất Kỳ Hạn Chế Quốc Gia Hoặc Bất Kỳ Hạn Chế Nào Từ Phía Thiết Bị Của Bạn Trên Google App Store.
Những Gì Mới
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.
