Oy Va Sariq Chaqa

Oy Va Sariq Chaqa

见面。新书。

应用信息


1.1.6
March 30, 2024
603
Everyone

Advertisement

应用描述


Android应用分析和审查:Oy Va Sariq Chaqa,由Kitoblar Olami开发。在图书与工具书类别中列出。当前版本为1.1.6,在 30/03/2024 上更新。根据用户在Google Play上的评论:Oy Va Sariq Chaqa。超过603的安装。 Oy Va Sariq Chaqa目前有1评论,平均评分为5.0星

Uilyam Somerset MOEM

OY VA SARIQ CHAQA

Roman


Birinchi bob

Charlz Striklend bilan tanishgan vaqtimda, gapning rostini aytadigan bo‘lsam, uning qandaydir
favqulodda odamligi xayolimga ham kelmagandi. Endilikda esa uning ulug‘ligini biror kimsa inkor eta
olmasa kerak. Men bu o‘rinda nom qozongan siyosatdon yoxud mashhur sarkardaning ulug‘ligini
ko‘zda tutayotganim yo‘q. Bu narsa ko‘proq odamning o‘ziga emas, balki shart-sharoitga va u
yashaydigan makonga bog‘liq. Vaziyatning o‘zgarishi tufayli uning mashhurligi ko‘pincha o‘z-o‘zidan
qumga singgan suvday yo‘qolib ketishi hech gap emas. Bosh ministr egallagan mansabisiz ezma
maqtanchoqqa, general esa armiyasiz bor-yo‘g‘i mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan sherga aylanadi.
Charlz Striklendning ulug‘ligi esa haqiqiy ulug‘likdir. Sizga uning san’ati yoqmasligi mumkin, lekin
shunda ham loqayd munosabatda bo‘lolmaysiz. U sizni qoyil qoldiradi, o‘ziga jalb etadi. Uni mazax
qilishgan vaqtlar orqada qolib ketdi. San’atkorga xos nuqsonlar ham fazilatlariga qo‘shimchaday
tuyuladi. To‘g‘ri, bu rassomning san’atdagi o‘rni borasida hali-hanuz bahslar davom etmoqda,
ko‘klarga ko‘tarib maqtash qanchalik asossiz bo‘lsa, uni qoralovchilar ham, unga mensimay
munosabatda bo‘luvchilar ham shunchalik asossizdirlar. Uning asarlari dahoning ijodiyoti ekanligi
shubhasiz. San’atdagi eng muhim narsa deb ijodkor shaxsiyatini tushunaman, agar u original bo‘lsa,
barcha nuqsonlarini kechirishga tayyorman. Velaskes rassom sifatida, ehtimol, El Grekodan yuqoriroq
bo‘lgandir. Lekin uning asarlariga ko‘nikib qolamizda, ehtirosli va o‘z qalbining mangu fidoyiligini
ko‘rsatgan durdonalarini unchalik ham qadrlayvermaymiz. Artist, rassom, shoir yoki sozanda o‘zining
ko‘tarinki va ulug‘vor san’ati bilan estetik tuyg‘uning ehtiyojini qondiradi, lekin bu qoniqish jinsiy
instinktga o‘xshab ketadi. Uning siri bamisoli sarguzasht romanlarday kishini o‘ziga tortadi. Bu xuddi
koinot sirlariday anglab bo‘lmas jumboqdir. Striklendning eng arzimasday tuyuladigan asarlari ham
rassomning o‘ziga xos, murakkab, azob-uqubatlar bilan to‘la shaxsiyati to‘g‘risida ko‘p narsalarni ayta
oladi. Ular rassomning asarlari unchalik didiga o‘tirishmaydigan odamlarni ham befarq qoldirmaydi,
uning hayoti, xarakterining o‘ziga xos tomonlariga qiziqish uyg‘otadi.
Striklend vafotining to‘rt yilligi arafasida Moris Gyurening “Merkyur de Frans”da e’lon qilingan
maqolasi bu rassomni unutilib ketishdan saqlab qoldi. Ko‘pgina taniqli adabiyotchilar Gyure ochgan
so‘qmoqdan yurishdi. Ancha vaqtlargacha Frantsiyada birorta tanqidchining rassom haqidagi fikrlariga
unchalik qo‘shilishmadi. Tanqidchining fikrlari g‘alati tuyuldi. Lekin keyinroq maydonga kelgan ishlar
Gyurening haqligini ko‘rsatdi. Shu ma’noda Charlz Striklendning shuhrati frantsuz qo‘ygan poydevorga asoslanadi, deb bemalol aytish mumkin. Bu shuhrat san’at tarixidagi eng romantik epizodlardan
biridir.
我们目前正在提供1.1.6版本。这是我们最新,最优化的版本。它适用于许多不同的设备。从Google Play商店或我们托管的其他版本中免费下载Apk。此外,您可以在不注册的情况下下载且无需登录。

我们拥有超过2000+的Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet ...设备,并提供了许多选项,您可以轻松选择适合您设备的游戏或软件。

如果在Google App Store上有任何国家限制或设备侧面的任何限制,它可能会派上用场。

什么是新的


- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

在Google Play商店进行评分和审查


5.0
1 全部的
5 0
4 0
3 0
2 0
1 0