Yolg'izlik

Yolg'izlik

歡迎。新書。

應用信息


1.1.5
March 24, 2024
7,148
Everyone

Advertisement

應用描述


Android應用分析和審查:Yolg'izlik,由Kitoblar Olami開發。在圖書與參考資源類別中列出。當前版本為1.1.5,在 24/03/2024 上更新。根據用戶在Google Play上的評論:Yolg'izlik。超過7 千的安裝。 Yolg'izlik目前有9評論,平均評分為4.0星

“Yolg`izlik” qissasi
Ushbu asar qissa janrida yozilgan bo`lib, qalami o`tkir nosir va shoir, olim U.Hamdamning ijod mahsuli hisoblanadi. Yolg`izlik – butun boshli qissa. Ammo uning qahramoni, barcha o`quvchi uchun – Yolg`iz. Uning ismi, turish-turmushi, maqsadi, kelajagi Yolg`iz. Inson hayotida Yolg`izlikning nechog`lik o`rni borligi va qudrati mutolaa jarayonida o`quvchiga yuz ochadi. Ushbu asar qahramoni (botinan muallif) inson qalbi haqida rostgo`ylik bilan gapirishga shu qadar uringanki, hatto yozganlari odatdagi badiiy asarga o`xshamay qolgan. Asar bosh qahramoni ismsiz . Yoshi 28 da, oilali. Asar 3 qismdan iborat bo`lib, voqealar rivoji “Hammasi o`sha kundan boshlandi”, -jumlalari bilan 2-qismdan boshlanadi. Ungacha qahramon el qatori yashayotgandi, hech kimdan yaxshi emasdi, yomon ham. Kunlardan bir kuni do`stining uyiga boradi va u yerdagi tartibsizlikni ko`radi. Shamolning shovullashini tinglab, biroz tin qoladi. Shu kungi voqeadan so`ng uning farog`atiga darz ketadi. Endi u avvalgidek – odamlardak yashay olmay, o`z botiniga ketishga majbur bo`ladi. Aynan shu yerda uning yolg`izligi boshlanadi. “Yuragimning juda chuqur joyida men baribir yolg`izman”- deydi qahramon. Xo`sh, uni yolg`izlikka giriftor qilgan kuch nima edi. “… Qulog`imga birdan daraxtning olis shovullashi kirdi va barchasi sob bo`ldi, “kayfim tarqadi”. Daraxtning – yuz minglab yaproqlarning ulug`vor qo`shig`i unga mangu Olam musiqasi bo`lib tuyuladi va “ayni mangulikka chapishib parcha-parcha bo`gandir mening haligi baxtim” deydi. Asar davomida bu ohang qahramon botinida takror va takror takrorlanadi, uning tashqariga – odamlar oldiga chiqishga va odamlardek yashashiga izn bermaydi. Ya’ni daraxtning shovullashi bu – bir qutb(ramz) bo`lib, qahramonning butun iztiroblari go`yo o`shanga nisbatan, o`shaning qarshisida, o`sha tufayli tug`ilaveradi. Ikkinchi qutb esa uning odatiy holi, bir inson sifatidagi orzu havasi, ehtiyoji … bo`lgan joydir. Qahramon ana shu ikki qutb – ikki “men” o`rtasida arosatda qoladi va shiddatli azob bilan olishadi. U o`zini o`tga, cho`qqa uradi, lekin najot topolmaydi. Iztiroblar qahramonni yana yolg`izlik sahrosiga olib chiqadi…
Asarni o`qir ekansiz, muallifning o`zligidagi rostlikni ko`rib, asarni qaysidir jihatdan kundalikka o`xshatsak bo`ladi. Negaki, kundalikka qalbingizdagi chin so`zlaringizni to`kasiz. “Yolg`izlik” ning ismsiz, qiyofasiz, makon va zamonsiz qahramoni balchiqqa tushib qolgan katta baliqqa o`xshaydi. Bechora suzay desa, suzolmaydi, o`lay desa, buning ham iloji yo`q. Arosat! Ha, asardagi barcha fikrlar arosatda qolgan insonning o`y-fikrlari. U ayoli va farzandini qattiq yaxshi ko`radi, ularning baxtsiz bo`lishini aslo istamaydi. Ammo bora-bora o`z oilasi bag`rida ham o`zini yolg`iz his qila boshlaydi. Bir vaqtlar yuragi faqat uni deb uradigan, buyursa bas- butun dunyoni ostin-ustun qilishga shay bo`lgan sevgi, muhabbat tuyg`ulari ham undan anchagina olisga ketib qolganday edi. Ko`p o`rinlarda asar qahramonining o`zligidagi isyoni tasvirlari keltirilgan. Xususan, bu isyon taqdirga, Yaratganga, nochorligi va ilojsizligiga qilingan isyondir. Yaratganga ko`p bor iltijo qiladi, bu iltijolarning boisi tavba emas. Balki, qahramon gunoh deb sanaladigan qilmishlarni gunoh emas, men gunohkor emasman deb Yaratganga tushuntirishga urinadi. Asar qahramonining badani, ruhi, aqli bir butunlik ichidagi uchta mustaqil bo`laklar edi. Barchasi qahramonni har tarafga qarab yetaklaydi. Ruhning ishi – Ollohga iltijo, aql turmush tashvishlari bilan kurashadi, badan esa go`zal va begona ayollar tomon talpinadi.
Yozuvchi asar davomida shunday dalillar keltiradiki, o`qirman ham bevosita qahramon holatiga do`nadi. O`zini ham yolg`iz, nochor, ilojsiz his qila boshlaydi. Misol qilib quyidagi misralarni keltirsak,
.. Kechagina dunyoni zabt etaman, deb xezlanardim. Bugun o`zim uning poylarida ezilib bitdim… Yoinki … Kechagina do`st uchun jonimni tikishga tayyor yashagan – men! Bugun na do`st qoldi va tikishga tayyor jon!.
我們目前正在提供1.1.5版本。這是我們最新,最優化的版本。它適用於許多不同的設備。從Google Play商店或我們託管的其他版本中免費下載Apk。此外,您可以在不註冊的情況下下載且無需登錄。

我們擁有超過2000+的Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet ...設備,並提供了許多選項,您可以輕鬆選擇適合您設備的遊戲或軟件。

如果在Google App Store上有任何國家限製或設備側面的任何限制,它可能會派上用場。

什麼是新的


- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgrartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

在Google Play商店進行評分和審查


4.0
9 全部的
5 66.7
4 11.1
3 0
2 0
1 22.2

安裝總數(*估計)

估計Google Play上安裝總數, 近似於評級數和在Google Play上達到的安裝界限.