Masnaviydan Ibratli Hikoyalar

Masnaviydan Ibratli Hikoyalar

Kutib Oling. Yangi kitob

App info


1.1.5
October 14, 2023
3,362
Everyone

Advertisement

App description


Android App Analysis and Review: Masnaviydan Ibratli Hikoyalar, Developed by Kitoblar Olami. Listed in Books & reference Category. Current Version Is 1.1.5, Updated On 14/10/2023 . According to users reviews on Google Play: Masnaviydan Ibratli Hikoyalar. Achieved Over 3 thousand Installs. Masnaviydan Ibratli Hikoyalar Currently Has 7 Reviews, Average Rating 3.9 Stars

Assalomu Alaykum.
Jaloliddin RUMIY

“MASNAVIY”DAN IBRATLI HIKOYALAR



Teri qo‘ldan ketar

Ko‘chada shoshib ketayotgan bir odamdan so‘rashdi:
— Nega buncha shoshyapsan? Ranging ham o‘chgan, nima bo‘ldi.
Odam aytdi:
— Eshitmadingmi hali? Shahar sultonining ko‘ngli uchun bozordagi eshaklarni so‘yib,
terisini shilib, ichiga somon to‘ldiryaptilar.
— Xo‘sh,xo‘sh? Lekin sen odamsan-ku?
— To‘g‘ri, ammo sultonning odamlari bu ishga shunday sho‘ng‘iganlarki, ularga
kimligimni anglatgunimga qadar, terim qo‘ldan ketishi mumkin.


Agar miyasi bo‘lsa

Arslon o‘rmonda fil bilan olishib charchadi. So‘ng tulkini yoniga chaqirib:
— Holdan toydim. Ovga yaramayman. Bor, menga bir eshak ovlab keltir. Birgalikda
yeymiz, dedi.
— Amringiz bosh ustiga, sultonim. Turli hiylalar bilan sizga hatto tiriklayin
keltiraman, deya bir qoyaga tomon yugurdi. Qarasaki, o‘tloqda egasiz ozg‘in bir eshak
yuribdi. Yoniga yaqinlashib, quyuq salom berdi. va uni avray boshladi:
— Bu qup-quruq tekisliqda yolg‘iz o‘zing nima qilayapsan, ey do‘stim?
— Shu holimga shukr qilaman. Rizqni Alloh beradi. Shikoyatim yo‘q, kunim o‘tib
turibdi. Jon bergan Alloh, ozuqa ham beryapti.
— Ey janob! Sening bu tavakkaling juda kam odamda topiladi. Juda kam bo‘lgan
narsa esa yo‘q hukmidadir. Bu yo‘qlik atrofida tentirab yurish ahmoqlik sanaladi.
Bu so‘zlarni eshitgan eshak takror javob berdi:
Gaping to‘g‘ri emas. Shuni bilki, butun yomonliklar ochko‘zlikdan kelar. Qanoatdan
hech kim o‘lmagan, hirsdan esa hech kim sulton bo‘lmagan. Tulki eshakning so‘zini
bo‘lib:
Alloh insonlarga o‘zlarini o‘zlari halok etmaslikka buyuradi. Shu quruq qoyalikdan
iborat cho‘lda sabr kilmoq ahmoqliqdir. Kel, o‘tloqqa ko‘chgin. Bilsang, u yerda qancha
o‘t-o‘lanlar, oqar suvlar bor, dedi.
Tulki turli so‘zlar bilan eshakni avragancha yetaklab, to‘g‘ri arslonning uyiga sudradi.
Arslon eshakni ko‘rar ko‘rmas o‘kira boshladi. Buni eshitgan eshak jon holatda ortga
qochdi. Tulki unga yetib olib:
Hoy sodda va go‘l maxluq! Nega qochayapsan. eshitilgan tovush, sening vahimang,
hayolingdir. Endigina maysazorga kelgandikku. Sen esa qo‘rqding, qochding, dedi.
Tulki yana ming bir yolgon bilan eshakni o‘ziga ergashtirdi. Arslonning uyiga olib
bordi. Arslon eshakni g‘ajib, qornini to‘ydirdi. So‘ngra arslon suv ichish uchun g'ordan chiqdi. Tulki arslonning yo‘qligidan foydalanib, eshakning miyasi va o‘pkasini yedi.
Arslon qaytgach, tulkidan so‘radi:
Buning miyasi qani?
— Ey, sultonim! Agar eshakning miyasi bo‘lsa, o‘sha dahshatli o‘kirikni eshitgandan
keyin yana bu yerga, sening ostonangga kelarmidi?

Laylini ranjitasan

Bir kuni Majnun kasal bo‘lib yotib qoldi. Davolash uchun tabib chaqirildi.
Tabib:
"Tomirdan qon olish kerak" deb Majnunning qo‘lini bog‘latdi. Qon olish payti Majnun:
"Ey tabib, qo‘y, xizmat haqqini ol va qo‘limni yech, shu kasallikdan mayli o‘lay, qon
olishdan voz kech," deb dodladi.
Tabib Majnundan:
— Sen cho‘llarda na’ra tortgan arslondan qo‘rqmaysanu qo‘lingdan qon oldirishdan
qo‘rqasanmi? deya so‘radi.
Majnun shunday javob berdi:
— Men ninadan qo‘rqmayman. Mening vujudim, borlig‘im Layli bilan to‘ladir, qon
olish payti Laylini ranjitasan, men shundan qo‘rqaman.
Yana bir kun Majnunga yaqinlar Layli deb sen yonib kuyasan. U qiz aslo sen
aytgandek go‘zal emasku, dedilar.
Majnun javob berdi:
— Siz Laylini mening ko‘zim bilan ko‘ring, mening qalbim bilan seving! Men uning
surat jomidan abadiy ishqning sharobini ichdim, u sharob sizga sirkadir.
We are currently offering version 1.1.5. This is our latest, most optimized version. It is suitable for many different devices. Free download directly apk from the Google Play Store or other versions we're hosting. Moreover, you can download without registration and no login required.

We have more than 2000+ available devices for Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet ... with so many options, it’s easy for you to choose games or software that fit your device.

It can come in handy if there are any country restrictions or any restrictions from the side of your device on the Google App Store.

What's New


- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Rate and review on Google Play store


3.9
7 total
5 71.4
4 0
3 0
2 0
1 28.6

Total number of installs (*estimated)

Estimation of total number of installs on Google Play, Approximated from number of ratings and install bounds achieved on Google Play.